Qurilish va kommunal xo‘jalikda muhr suv, issiqlik tashuvchi va ochiq havoda yashaydi. Ichiladigan suv flantsiga «avtobaza»dagi moy-benzin chidamli nitril qo‘yish — odatiy xato: suv va xlor uni yoqtirmaydi, ichimlik konturi sertifikati esa yopilmaydi.
Suv va kanalizatsiya. Flanets prokladkalari, quduq halqalari, stansiya nasos manjetlari. Asos — EPDM: suv, ozon, o‘rtacha kimyo. Prokladka qalinligi flanets standartiga qarab olinadi, «qalinroq qo‘yib tomish to‘xtasin» emas.
Issiqlik ta’minoti. Issiqlik tashuvchi harorati aralashmani belgilaydi. Issiq suv harorat zaxirasi bilan EPDMga yaqin. Bug‘ — alohida suhbat, energetikaga qarang. Zadvijkalarda o‘rindiq profiliga qarashadi, faqat doiraga emas.
Yopiq armatura. Salnik to‘ldirgich va ponasimon zadvijka shtok halqalari suvdagi qum bilan yeyiladi. Komplekt bilan almashtiriladi: rezina plus shtok holati. Qiyshiq shtok har qanday yangi komplektni o‘ldiradi.
Eshik, deraza, fasad. Profil muhrlari — UV zaxirasi bilan EPDM ekstruziyasi. Ularni plastinadan «ko‘z bilan» kesishmaydi: kesim profil paziga o‘tirishi kerak.
Toshkent tumanlari bo‘yicha yetkazib berish odatda partiya chiqqandan keyin kelishilgan kunda. Obyektlar uchun «sehrli 48 soat» emas, namuna kelishuvi plus 3–5 ish kuni hisoblang.
Flanets standarti yoki prokladka namunasi, muhit (sovuq suv, issiqlik, ko‘cha) va miqdorni yuboring. Muhandis: +998 90 944 99 40.