Dumaloq kesimli halqa — dumaloq shnurdan qilingan yoki qolipda chiqarilgan muhr. Tanlash uchun ichki diametr, shnur kesimi va kanal o'lchami kerak.
Ichki diametr — kanal yoki halqa kiydiriladigan val bo'yicha. Kesim — shnurning o'zi, armatura va nasoslarda odatda 1,5–8 mm. Ularni almashtirib bo'lmaydi: 20×3 va 3×20 boshqa buyum.
Statik birikma va harakatlanadigan tugunda siqilish boshqa-boshqa bo'ladi. Shtok yoki porshenda tirqish, bosim va harakat yo'nalishi hisobga olinadi; qopqoqda esa halqani buramasdan bir tekis o'tirish muhim.
Moy va gidravlikaga +120 °C gacha NBR tavsiya etiladi. Suv, bug' va ko'chaga — EPDM. Qaynoq moy va yoqilg'iga — FKM. Bosim ostida kesim kanal kengligiga mos kelishi kerak: juda qalin sig'maydi, juda ingichka zichlamaydi.
Yassilangan namunada shnurni ezilmagan joydan o'lchaymiz, o'rindiq suratda bo'lsa — undan ham. Qattiq cho'zilgan namuna ichki diametrni oshirib ko'rsatadi.
Partiyani Toshkentda qilamiz, ombordagi «eng yaqin o'lcham» emas. Kelishuvdan keyin odatda 3–5 ish kuni. +998 90 944 99 40.