Viton — FKM ftorkauchuk oilasining savdo nomi. U qaynoq moy, yoqilg'i, gaz va agressiv muhitlar uchun tanlanadi, tayyor detal rangiga qarab emas.
FKM qaynoq moy, yoqilg'i, ko'p kislotalar va uglevodorod gaziga tavsiya etiladi, taxminan −20…+250 °C. Vodorod sulfidi bo'lishi mumkin bo'lgan gazda, Muborak va Sho'rtandagi kabi, bu ishchi marka. NBR H2S ga mo'ljallanmagan.
FKM har qanday kimyo va harorat uchun universal emas. Konsentrlangan oksidlovchi, erituvchi, past harorat va aralash muhitlarga moslik aniq tugun sharoiti bo'yicha tekshiriladi.
Oddiy suv, +150 °C gacha bug' va ishqor uchun FKM vazifa emas: EPDM arzonroq va bu muhitga yetarli. Oziq-ovqat kontaktiga silikon tavsiya etiladi, FKM emas.
Jigarrang yoki qora rang o'zi markani isbotlamaydi. Arizada muhit, harorat va bosim kerak. FKM halqa, salnik va prokladkani chizma yoki namuna bo'yicha Toshkentda qilamiz.
Kelishuvdan keyin odatda 3–5 ish kuni. +998 90 944 99 40.